"Chelsi" o'tgan mavsumni "Barselona"da ijara asosida o'tkazgan "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk jurnalist Saymon Fillipsga tayanib xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, London klubi 28 yoshli futbolchini to'liq sotib olishga tayyor emas. "Chelsi" Reshfordni faqat ijara sharti asosida o'z safiga qo'shib olishi mumkin.
Bu kelishuv amalga oshirilsa, klub unga haftasiga taxminan 377 ming miqdorda maosh to'lashga tayyor.
O'tgan mavsumda Reshford barcha turnirlarda 49 ta o'yinda ishtirok etib, 14 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.