FIFA prezidenti Janni Infantino jahon chempionati guruh bosqich 1-tur doirasidagi Eron milliy jamoasining Yangi Zelandiyaga qarshi o'yinidan (2:2) so'ng ularning kiyinish xonasiga tashrif buyurdi.
Xalqaro futbol federatsiyasi rahbari eronlik futbolchilarga murojaat qildi va uning nutqi olqishlar bilan qarshi olindi.
«Bugungi o'yin qiyin kechdi va biroz omad bo'lganida siz g'alaba qozonishingiz mumkin edi. Lekin yaxshi o'yin ko'rsatyapsiz.
Oldinda yana ikki o'yin bor va siz yana dunyoni qilgan ishlaringiz bilan faxrlantirasiz. Men sizlar qanday yo'llar orqali o'yinlarga kelayotganingizni bilaman, tushunaman. Biroq siz barchasidan kuchlisiz.
Bugun siz butun stadionni birlashtirdingiz. Buni dunyoga ko'rsatdingiz va kuchli signal yo'lladingiz. Katta rahmat sizlarga», — dedi Infantino.
Qayd etish lozim, o'yin Los-Anjelesda bo'lib o'tgan. Undan so'ng jamoaga darhol AQSh hududini tark etib, Meksikadagi mashg'ulot bazasiga qaytish buyurilgan.