Live
1
O'zbek

JCH-2026. Belgiya «oltin avlodi»ning parchalari, Salohning Misri, Eronning murakkabliklari va Yangi Zelandiya. G guruhi haqida

Futbol
15 iyun, 14:35
Navbat G guruhiga yetib keldi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
JCH-2026. Belgiya «oltin avlodi»ning parchalari, Salohning Misri, Eronning murakkabliklari va Yangi Zelandiya. G guruhi haqida
Фото: Getty Images

Jahon chempionati ishtirokchilarini tanishtirishda davom etamiz. G guruhi xilma-xilligi bilan xursand qiladi. To'rtta jamoa turli qit'alar vakili. Butunlay farqli futbol madaniyatlariga ega.
Belgiya «oltin avlod» merosidan foydalanishda davom etmoqda, garchi yangi qon ham yetib kelayotgan bo'lsa-da.

Misr tarkibida birdaniga APLning ikki yulduzi bor. Eronning jahon chempionatidagi ishtiroki atrofida yangiliklar ko'p bo'ldi, chunki jamoaning tayyorgarligi siyosiy vaziyat, xavfsizlik masalalari va logistika tufayli murakkablashdi, lekin milliy jamoa baribir turnirga keldi. Yangi Zelandiya esa saviya yetishmasa-da, jamoaviy ruh va kurashchanlik bilan xursand qilishi kerak.

Belgiya

Bosh murabbiy: Rudi Garsiya milliy jamoani 2025 yilda qabul qilib olgandi. Uning vazifasi – «oltin avlod» ketganidan so'ng o'yinni qayta qurish va yangilik olib kirish. Belgiya vakillari asta-sekin o'zgarib bormoqda: faxriylarga ishonadilar, lekin tarkib asosiga yosh o'yinchilarni jalb qilmoqda. Garsiya milliy jamoaga Tibo Kurtuani qaytardi va klubdagi o'yin muammolariga qaramay, Romelu Lukakuga tayandi.

Yulduz: Jamoaning asosiy yulduzlari hali ham ketayotgan avlod vakillari hisoblanadi. Birinchi navbatda, bu «Napoli»ning mashhur yarimhimoyachisi Kevin De Bryuyne. Jarohat tufayli u mavsumning yarmini o'tkazib yubordi, biroq yarimhimoyachi sog'lom va yaxshi sport formasida bo'lsa, u hali ham yuqori saviyadagi futbol namoyish etishi mumkin.

Romelu Lukaku o'tgan mavsumda jarohat tufayli deyarli o'ynamadi, keyin esa «Napoli» bilan kelishmovchilik yuzaga keldi. Uning sport formasi qanday ekanligi noma'lum, lekin uning noyob sifatlari o'zida saqlanib qolgan. Darvozada esa «Real»dan dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri Tibo Kurtua turadi.

Tarkib:
Darvozabonlar
: Tibo Kurtua («Real»), Senne Lammens («Manchester Yunayted»), Mayk Penders («Strasburg»)

Himoyachilar: Artur Teate («Ayntraxt»), Brandon Mechele («Bryuyge»), Natan Ngoy («Lill»), Koni de Vinter («Milan»), Zeno Debast («Sporting»), Maksim de Kuyper («Brayton»), Tomas Mene («Lill»), Timoti Kastan («Fulhem»), Xoakin Seys («Bryugge»).

Yarimhimoyachilar: Nikolas Raskin («Reynjers»), Aksel Vitsel («Jirona»), Hans Vanaken («Bryugge»), Yuri Tilemans («Aston Villa»), Sharl De Ketelare («Atalanta»), Amadu Onana («Aston Villa»), Kevin De Bryuyne («Napoli»).

Hujumchilar: Jeremi Doku («Manchester Siti»), Aleks Salemakers («Milan»), Mattias Pardo («Lill»), Diogu Moreyra («Strasburg»), Romelu Lukaku («Napoli»), Leandro Trossar («Arsenal»), Dodi Lukebakio («Benfika»).

Chempionlikka erishish ehtimoliy imkoniyatlari (Opta talqiniga ko'ra): 2,4 foiz.

Misr

Bosh murabbiy: Misr jamoasini arab futboli afsonasi Hossam Hassan boshqarmoqda. Uning qo'l ostida Misr JCH-2026 saralashini muvaffaqiyatli o'tkazdi. Ularning asosiy quroli qarshi hujumlar bo'lib, bo'sh hududlardan ajoyib foydalana oladigan jahon yulduzlari bor. Agar raqib kuchsizroq bo'lsa, Misr bosim o'tkazadi, qo'rqmaydi va yetarlicha gol urishi mumkin.

Yulduz: Jamoa yetakchisi va yuragi — «Liverpul»ni tark etayotgan 33 yoshli Muhammad Saloh. Bu uning so'nggi jahon chempionati bo'lishi mumkin, shuning uchun u o'z nomini tarixga yozib qo'yishni istaydi. Endi uning hujumda yulduz sherigi, ya'ni «Manchester Siti» forvardi Omar Marmush borligi umidlarni oshiradi. Endi raqiblar Misrning bir emas, bir yo'la ikki yetakchisiga alohida e'tibor qaratishlari kerak bo'ladi.

Tarkib:
Darvozabonlar: Muhammad El Shennavi, Mustofa Shobeir, El Mahdi Soliman, Muhammad Alaa.

Himoyachilar: Muhammad Hani, Tarek Alaa, Hamdi Fat'hi, Rami Rabiya, Yasser Ibrohim, Hossam Abdelamagu'id, Muhammad Abdelmonem, Ahmad Fattouh, Karim Hafez.

Yarimhimoyachilar: Marvon Attiya, Mohannad Lasheen, Nabil Emad Dunga, Mahmud Saber, Ahmad Sayed Zizo, Mahmud Trezeguet, Enam Ashur, Mustofa Ziko, Ibrohim Adel, Haitam Hassan, Muhammad Saloh.

Hujumchilar: Omar Marmush, Aktay Abdulloh, Hamza Abdel Karim.

Chempionlikka erishish ehtimoliy imkoniyatlari (Opta talqiniga ko'ra): 0,4 foiz.

Eron

Bosh murabbiy: Karlush Keyrush davridan so'ng milliy jamoani Amir G'alenoyi qabul qilib oldi. Vazifa — tarixda birinchi marta Eronga pley-offga olib chiqish. G'alenoyi o'zidan avvalgi murabbiyning eng yaxshi yutuqlarini saqlab qolib, jamoani yanada tartibliroq qildi.



Yulduz: Asosiy yulduz — tajribali hujumchi Mehdi Toremi. U allaqachon cho'qqidan o'tgan, biroq «Olimpiakos»da yaxshi mavsum o'tkazdi: jamoaning asosiy tarkibdagi muqim hujumchisi bo'lmasa-da, Gretsiya chempionatida 10 ta gol urdi. Shuningdek, «Rostov» yarimhimoyachisi Muhammad Muhibiy bor. U ham yetakchilardan biri bo'lishi mumkin.

Tarkib:
Darvozabonlar: Alirizo Biyronvand («Traktor»), Husayn Husayni («Sipohon»), Payam Niyozmand («Persepolis»)

Himoyachilar: Shoja Halilzoda («Traktor»), Husayn Kanoniy («Persepolis»), Ali Nemati («Fulad»), Daniyal Eyri («Malavan»), Ehson Hojisafi («Sipohon»), Milod Muhammadi («Persepolis»), Solih Hardoni («Istiqlol»), Ramin Rizoiyon («Fulad»)

Yarimhimoyachilar: Saman Ghoddos («Kalba»), Said Izzatullahi («Shabob Al Ahli»), Ruzbeh Chashmi («Istiqlol»), Amir Muhammad Razagniya («Istiqlol»), Muhammad G'orbani («Al Vahda», BAA), Mahdiy Gaedi («An Nasr», BAA), Ariya Yusufi («Sipohon»), Alirizo Jahonbakhsh («Dender»), Mayhdiy Turobi («Traktor»), Muhammad Mohebi («Rostov»)

Hujumchilar: Mahdiy Toremi («Olimpiakos»), Amirhusayn Husaynzoda («Traktor»), Denis Dargohi («Standart»), Ali Alipour («Persepolis»), Shahriyor Mog'anlu («Kalba»).

Chempionlikka erishish ehtimoliy imkoniyatlari (Opta talqiniga ko'ra): 0,2 foiz.

Yangi Zelandiya



Bosh murabbiy
: Darren Bayzli 2009 yildan beri Yangi Zelandiya futboli tizimidagi barcha bosqichlardan o'tdi. Nihoyat asosiy milliy jamoagacha yetib keldi. JCH-2026 ning yangi formati Okeaniyaga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma berdi.

Bu esa avvallari o'tish o'yinlarida muvaffaqiyatsizlikka uchragan jamoaga 2010 yildan beri birinchi marta jahon chempionatiga chiqish imkonini berdi. Iqtidorlar yetishmasligi sababli Yangi Zelandiya o'yin uslubi sodda: to'psiz o'yin, kurash, qarshi hujumlar va bo'ydor o'yinchilardan foydalangan holda standart vaziyatlarga tayanish.

Yulduz: Ko'p yillardan beri milliy jamoaning asosiy yulduzi «Nottinghem Forest» hujumchisi Kris Vud bo'lib qolmoqda. 2024/25 yilgi mavsumda u APLda naq 20 ta gol urdi, ammo o'tgan mavsumda omadsizroq ishtirok etdi. To'g'ri, bunga asosan jarohatlar sabab bo'ldi, shu tufayli Kris ko'p o'yinlarni o'tkazib yubordi, bundan tashqari jamoada murabbiylar almashinuvi va pozitsiya bo'yicha raqobatchilarning mavjudligi ham ta'sir qildi.

Ammo «Vellington Feniks» himoyachisi Tim Peynga ham e'tibor qaratish lozim. Ehtimol, siz hayron qolasiz, lekin uni butun dunyo muxlislari juda qizg'in kutib olishlari aniq. Gap shundaki, argentinalik bloger El Scarso «JCHning eng noma'lum o'yinchisi»ni tanlab, uni turnirning «bosh qahramoni»ga aylantirishga qaror qildi. Tanlov Peynga tushdi. Bir necha kun ichida Timning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni bir necha mingdan bir necha milliongacha o'sdi.

Tarkib:
Darvozabonlar: Maks Kroukomb, Aleks Paulsen, Maykl Vud.

Himoyachilar: Tayler Bindon, Maykl Boksoll, Liberato Kakache, Frensis de Vris, Kallan Elliot, Tim Peyn, Nando Pizhnaker, Tommi Smit, Finn Surman.

Yarimhimoyachilar: Laklan Beyliss, Jo Bell, Aleks Rufer, Marko Stamenich, Rayan Tomas.

Hujumchilar: Kosta Barbaruses, Metyu Garbett, Eli Jast, Kallum Makkovott, Ben Old, Jessi Rendall, Sarprit Singh, Ben Ueyn, Kris Vud.

Chempionlikka erishish ehtimoliy imkoniyatlari (Opta talqiniga ko'ra): 0,1 foiz.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Belgiya Belgiya
  • Eron Eron
  • Yangi Zelandiya Yangi Zelandiya
  • Misr Misr
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar