Bugun
13
O'zbek

Anvar Anvarov Shveytsariyadagi turnirda oltin medalga sazovor bo'ldi

Boshqa sportlar
15 iyun, 15:40
O'zbekistonlik sportchi Norvegiya va vengriyalik yengil atletikachilarni ortda qoldirdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Anvar Anvarov Shveytsariyadagi turnirda oltin medalga sazovor bo'ldi
Фото: OlympicUz

Shveytsariyaning Solletuna shahrida yengil atletika bo'yicha «Folksam Grand Prix» turniri bo'lib o'tdi.

Unda ishtirok etgan O'zbekiston jamoasi a'zosi Anvar Anvarov uzunlikka sakrash dasturida oltin medalni qo'lga kiritdi.

Anvarov turnirda 8,23 metr natija qayd etib, Norvegiya va vengriyalik eng yaqin ta'qibchilarini katta farq bilan ortda qoldirishga erishdi.

«Folksam Grand Prix», Shveytsariya
Uzunlikka sakrash, erkaklar:


1) Anvar Anvarov (O'zbekiston) – 8,23 metr
2) Xenrix Flatnes (Norvegiya) – 8,03
3) Kristofer Prist (Vengriya) – 7,79

Bugungi yangiliklar