"Kristal Pelas" klubi bosh murabbiy sifatida Per Sajni rasman tanishtirdi.
Qayd etilishicha, klub fransiyalik 47 yoshli murabbiy bilan uch yillik shartnoma imzolandi.
Sajning oldingi ish joyi "Lans" bo'lgan. Ular chempionatda 2-o'rinni egallashdi. Fransiya kubogida esa zafar quchishgan.
Eslatib o'tamiz, mavsum yakunlangach London "burgutlar" Oliver Glasner bilan xayrlashgan edi.
Nemis mutaxassisining klubdagi faoliyati juda omadli kechdi – bir yil ichida "Pelas" futbolchilari Angliya Kubogi va Superkubogini, shuningdek, Konferensiyalar Ligası Kubogini qo'lga kiritdi.
Ma'lumot uchun, kelasi mavsumda jamoa Yevropa ligasida qatnashadi.