Fransiyalik mutaxassis Per Saj "Kristal Pelas" bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Qayd etilishicha, Saj bilan 2029 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolanadi. Shuningdek, tomonlar kelishuvni yana bir yilga uzaytirishi ham mumkin.
Ma'lumot o'rnida, mutaxassis yakunlangan mavsum "Lans"da ish olib bordi va jamoa bilan Fransiya chempionatida 70 ochko to'plagan holda 2-o'rinni egalladi.
Avvalroq "Koventri" ustoz Frank Lempardning "Kristal Pelas" bosh murabbiyi bo'lishi mumkinligi ma'lum qilingandi.