Bugun
13
O'zbek

«Yuventus» Bogani «Nitstsa»dan toʻliq sotib oldi

Futbol
15 iyun, 16:09
Transfermarkt portaliga ko'ra, o'yinchining bozor qiymati 8 million yevroni tashkil qiladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Yuventus» Bogani «Nitstsa»dan toʻliq sotib oldi
Фото: Getty Images

«Yuventus» klubi vinger Jeremi Bogani sotib olish huquqidan foydalandi. Bu haqda «zebralar» matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, klub «Nitstsa» bilan amalga oshirilgan kelishuv summasi 4,8 million yevroni tashkil etdi. Yana qo'shimcha bonuslar ham to'lanadi.

Turinliklar 29 yoshli futbolchi bilan 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal bitim imzolaydi.

Eslatib o'tamiz, Boga qishki transfer oynasida «Yuventus»ga ijara huquqi asosida o'tgandi. Shu vaqt ichida u barcha turnirlarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portaliga ko'ra, o'yinchining bozor qiymati 8 million yevroni tashkil qiladi.

Boga ilgari «Chelsi» va «Birminghem», «Renn», «Granada», «Sassuolo» hamda «Atalanta» klublarida to'p tepgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Nice Nice
Bugungi yangiliklar