Bugun
13
O'zbek

Simon: "Bu jahon chempionatining boshlanishi. Yaxshilanishimiz kerak bo'lgan jihatlar bor"

Futbol
15 iyun, 16:00
Ispaniya milliy jamoasi darvozaboni Kabo-Verdega qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Simon: "Bu jahon chempionatining boshlanishi. Yaxshilanishimiz kerak bo'lgan jihatlar bor"
Фото: Getty Images
15.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 0 : 0 Kabo-Verde Kabo-Verde

Ispaniya milliy jamoasi darvozaboni Unai Simon jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turida Kabo-Verde bilan durangdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, o'yin 0:0 hisobida yakunlandi.

"Bu hali jahon chempionatining boshlanishi. Turnir biz uchun juda uzoq davom etadi, deb umid qilamiz. Bu bor-yo'gi bitta o'yin. Yaxshilanishi kerak bo'lgan jihatlar bor. Raqib darvozasi oldidan yuzaga kelgan xavfli vaziyatlardan unumli foydalanish ustida ko'proq ishlashimiz kerak", — dedi Simon DAZN efirida.

Ma'lumot uchun, Ispaniya milliy jamoasi turnirning 2-turida Saudiya Arabistoniga qarshi o'ynaydi. Bu bellashuv 21 iyun kuniga belgilangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Kabo-Verde Kabo-Verde
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar