Live
1
O'zbek

"Arsenal" Rojersni sotib olish g'oyasidan voz kechmayapti

Futbol
15 iyun, 15:11
Uning klub bilan amaldagi bitimi 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Arsenal" Rojersni sotib olish g'oyasidan voz kechmayapti
Фото: Getty Images

"Arsenal" klubi "Aston Villa" yarimhimoyachisi Morgan Rojersga qiziqishni saqlab qolmoqda.

The Athletic nashri xabariga ko'ra, "to'pchilar" angliyalik 23 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olish uchun yana bir marra harakat qilib ko'radi.

Qayd etilishicha, futbolchining agentlari Birmingem klubi vakillari bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Kutilishicha, London klubi jahon chempionatidan so'ng Morgan bo'yicha "Aston Villa" bilan muzokaraga kirishadi.

O'tgan mavsumda Rojers barcha turnirlardagi 55 ta o'yinda 14 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi bitimi 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar