Live
1
O'zbek

Guardiol "Manchester Siti" bilan shartnomasini uzaytirdi (Romano)

Futbol
15 iyun, 15:15
Tomonlar 2031 yilning yozigacha amal qiladigan mehnat shartnomasini imzolagan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Guardiol "Manchester Siti" bilan shartnomasini uzaytirdi (Romano)
Фото: Getty Images

"Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Guardiol jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, tomonlar 2031 yilning yozigacha amal qiladigan mehnat shartnomasini imzolagan.

Qayd etilishicha, klub xorvatiyalik futbolchini jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri sifatida ko'rmoqda.

Guardiol "shaharliklar" safida 2023 yilning yozidan buyon to'p tepmoqda. Bu vaqt ichida u ingliz jamoasi safida 122 ta o'yinda ishtirok etib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar