UFC engil vazn toifasining sobiq chempioni Iliya Topuriya UFC Freedom 250 turnirida Jastin Geyjiga mag'lub bo'ldi.
Sportchi jiddiy jarohat olib, kasalxonaga olib ketilgandi. Topuriya mag'lubiyati haqida ilk bor fikr bildirdi.
«Sen birinchi raundda meni o'ng ko'zimdan mahrum qilding. Keyin ikkinchisiga ham zarba berding. Hech qanday bahona yo'q. Hayotimdagi eng yaxshi mashg'ulot yig'inlaridan birini o'tkazdim. Jangga diqqatimni jamlab, tayyorgarlik ko'rgandim. To'liq tayyor edim. Bu sportning tabiati shunaqa. Shon-shuhrat va og'riq doimo yonma-yon yuradi. Endi qayta tiklanaman, dam olaman. Kuchliroq, yanada dono va ancha xavfliroq bo'lib qaytaman. Menga ishon...O'rtamizdagi bu hikoya hali tugagani yo'q. Bizda albatta revansh bo'ladi», — dedi Topuriya.
Eslatib o'tamiz, Iliya faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.