Live
1
O'zbek

"Vulverhempton" portugaliyalik mutaxassisni bosh murabbiy etib tayinladi

Futbol
15 iyun, 16:45
Chempionshipga tushib ketgan klub YCHL gʻolibini taklif qildi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
"Vulverhempton" portugaliyalik mutaxassisni bosh murabbiy etib tayinladi
Foto: Wolves

"Vulverhempton" portugaliyalik Sezar Peyshotuni bosh murabbiy etib tayinladi.

46 yoshli mutaxassis Angliyada ishlash uchun ruxsatnoma olganidan soʻng ikki yillik shartnoma imzolaydi. Peyshotu ushbu lavozimda oʻtgan hafta isteʼfoga chiqarilgan Rob Edvards oʻrnini egalladi.

Sezarning murabbiy sifatidagi soʻnggi jamoasi "Jil Visente" boʻlib, klub oʻtgan mavsumda Portugaliya chempionatida 6-oʻrinni egallagan edi. Futbolchilik faoliyati davomida esa u "Portu" safida 2003/04 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasining gʻolibi boʻlgan.

2025/26 yilgi mavsum yakunlariga koʻra, "Vulverhempton" ketma-ket sakkiz yillik ishtirokdan soʻng Premer-ligani tark etdi va Chempionshipga tushibketdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Vulverempton Vulverempton
Bugungi yangiliklar