Bugun
14
O'zbek

Trippier – "Vulverhempton" futbolchisi

Futbol
9 iyun, 01:26
Futbolchi bilan ikki yillik bitim imzolandi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Trippier – "Vulverhempton" futbolchisi
Фото: Вулверҳэмптон

"Vulverhempton" himoyachi Kieran Trippierning transferini e'lon qildi.

Qayd etilishicha, "bo'rilar" angliyalik 35 yoshli futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Bu kelishuv futbolchining iyun oxirida "Nyukasl" bilan amaldagi bitimi yetganidan so'ng kuchga kiradi.

Yakunlangan mavsumda Kieran "qarğalar" safida APL doirasida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchi "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida "Byornli", "Tottenhem", "Atletiko", "Nyukasl" va boshqa jamoalarda ham o'ynagan.

"Vulverhempton" esa APL yakunlariga ko'ra, Chempionshipga tushib ketdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Vulverempton Vulverempton
Bugungi yangiliklar