Bugun
12
O'zbek

Anchelotti: «Yigitlarda hayajon bor edi, ammo natijadan qoniqish hosil qildim»

Futbol
13 iyun, 22:15
Braziliya bosh murabbiyi Marokashga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Anchelotti: «Yigitlarda hayajon bor edi, ammo natijadan qoniqish hosil qildim»
Foto: Getty Images
13.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Braziliya Braziliya 1 : 1 Marokash Marokash

Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jahon chempionati 1-tur doirasidagi Marokashga qarshi o'yin (1:1)dan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Menimcha, biz o'yinni yomon boshladik. Jamoa biroz hayajonlangandi, ko'p to'p yo'qotdik va ko'plab yakka kurashlarda yutqazdik.

Birinchi bo'lim omadsiz o'tdi. Ikkinchi bo'limda esa jonlandik. Bu qiyin o'yin bo'ldi, chunki Marokash rostan yaxshi jamoa.

Ha, yigitlarda hayajon bor edi. Birinchi bo'limda raqib pressingdan oson chiqib ketdi va xavfli qarshi hujumlar uyushtirdi. Biz o'yinni yaxshiroq nazorat qilishimiz mumkin edi. Lekin natijadan qoniqish hosil qildim.

Albatta, turnirni yaxshiroq boshlashni istardik. Lekin shunday holatlar ham bo'lib turadi. Endi e'tiborni keyingi o'yinga qaratishimiz kerak.

Tushunish kerakki, turnirdagi ilk o'yin ko'p sabablar bilan kutilgandek o'tmasligi mumkin. Ammo biz oldinga qarab harakat qilishimiz va keyingi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Bizning maqsad — guruhdan chiqish va turnir davomida yanada kuchayib borish», — dedi Anchelotti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Marokash Marokash
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar