Braziliya mamlakat prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva jahon chempionati-2026 starti oldidan mamlakat futbol bo‘yicha milliy jamoasiga murojaat qildi.
«Futbolchilarimiz har bir o‘yinda oxirigacha jang qilib, Braziliya xalqini unutmasliklari zarur. Bizga oltinchi kubok kerak. Braziliya milliy jamoasi turnirda shunchaki, g‘alaba qozonish uchun ishtirok etmayapti, maqsad — sovrinni olib ketish.
Karlo Anchelotti yigitlarga qanchalik tajribali ekanligingni va futbolchi sifatida ham ajoyib o‘yinchi bo‘lganingni eslatib qo‘y», - dedi prezident ijtimoiy tarmoqda chop etilgan videoda.

Braziliya milliy jamoasi mundialda S guruhida Marokash, Shotlandiya va Hayiti jamoalari bilan ro‘baro‘ keladi.