Live
2
O'zbek

"Dinamo" Ulug‘bek Hoshimov bilan xayrlashdi

Futbol
13 iyun, 13:50
Hoshimov Superligada 7 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Dinamo" Ulug‘bek Hoshimov bilan xayrlashdi
Фото: Динамо ПФК

2026 yildagi jahon chempionati o‘tkazilayotgani sababli hozirda Superligada katta tanaffus yuzaga kelgan va jamoalar mavsumning ikkinchi qismiga hozirlikni boshlagan.

Vadim Abramov murabbiyligidagi "Dinamo" jamoasi tarkibida ham yozgi transfer oynasida bir qator o‘zgarishlar kuzatiladi.

"Dinamo" hujumchi Ulug‘bek Hoshimov bilan bir yillik hamkorlikdan keyin do‘stona xayrlashganini ma’lum qiladi.

"25 yoshli hujumchining keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz", — deyiladi klub xabarida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
Bugungi yangiliklar