"Dinamo" 2026 yilgi mavsumning ikkinchi yarmi oldidan seleksiya jarayonini boshlab yuborgan.
Klub o'tgan yarim yillikdan keyin tarkibni transformatsiya qilish jarayonini davom ettirmoqda. 2025 yilgi mavsumda "Dinamo" sharafini himoya qilib, samarqandlik muxlislar mehrini qozongan Marko Stanoevich jamoa safiga qaytdi.
Serbiyalik 37 yoshli yarimhimoyachi o'z mamlakatidagi yarim yillik faoliyatidan keyin "Dinamo"ga qaytdi va 2026 yil yakuniga qadar samarqandliklar sharafini himoya qiladi.
"Ishonamizki, Marko Stanoevich ajoyib o'yinlari va katta tajribasi bilan "Dinamo"ning g'alabalariga o'zining munosib hissasini qo'shadi", - deyiladi klub xabarida.