Live
1
O'zbek

«PSJ» ikki pozitsiyasidagi futbolchilar borasida bir qarorga kelmadi — L’Équipe

Futbol
3 noyabr, 09:00
Fransuz nashri «Vilyarreal»ga qarshi bahs uchun Luis Enrikening taxminiy tarkibini e’lon qildi.
«PSJ» ikki pozitsiyasidagi futbolchilar borasida bir qarorga kelmadi — L’Équipe
Foto: Getty Images
25.11.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain - : - Roma Roma

L’Équipe nashri Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turi doirasida «Vilyarreal»ga qarshi bahsda «PSJ» maydonga tushirishi mumkin bo‘lgan tarkibni taxmin qildi.

Nashr xabariga ko‘ra, Luis Enrike jarohatlangan futbolchilarni hisobga olgan holda odatiy asosiy tarkibga imkon qadar yaqin jamoani tanlaydi. Biroq chap qanot himoyachisi va markaziy hujumchi pozitsiyalari bo‘yicha savollar saqlanib qolmoqda.

L’Équipe taxminiy tarkibni quyidagicha ko‘rsatdi: Safonov, Hakimi, Zabarnyi, Pacho, Ernandes, Nevesh, Vitinya, Ruis, Akliush, Torres, Due.

Ma’lumot uchun, «PSJ» ushbu bahsda jamoa sardori Markinyos, chap qanot himoyachisi Nunu Mendesh hamda hujumchilar Usmon Dembele va Xvicha Kvaratsxeliyasiz harakat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, parijliklar Chempionlar ligasining dastlabki uch turida ketma-ket g‘alaba qozongan. Jamoa «Slovan»ni 6:1, «Manchester Siti»ni 4:2 va «Barselona»ni 4:2 hisobida mag‘lub etgan. «Vilyarreal» — «PSJ» bahsi 3 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Roma Roma
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar