«Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasida yarimhimoyani kuchaytirish uchun taxminan 116 million yevrodan ortiq sarmoya kiritishga tayyor. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
Ingliz klubining potensial nishonlari qatoridan Karlos Baleba («Brayton»), Aleks Skott («Bornmut») va Mateush Fernandes («Vest Xem») o‘rin olgan.
«Manchester Yunayted» rahbariyati ushbu futbolchilarni yangi mavsum oldidan maydon markazini kuchaytirish uchun potensial nomzodlar sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Shu bilan birga, klub uch nomzoddan faqat ikkitasi bilan shartnoma imzolashga tayyor.
O‘tgan mavsumda «Manchester Yunayted» Angliya chempionatida 38 ta o‘yinda 71 ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinni egalladi.