Honduraslik hakam Said Martines Qatar va Shveysariya milliy jamoalari o‘rtasidagi jahon chempionati-2026 B guruhi 1-tur o‘yini startida penalti belgiladi.
Jarima zarbasini tajribali hujumchi Brel Embolo muvaffaqiyatli amalga oshirib, yevropaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi — 1:0.
Shunday qilib, ushbu jahon chempionatidagi birinchi 11 metrlik zarba musobaqaning beshinchi bellashuvida amalga oshirildi.
Ma’lumot uchun, Qatar milliy jamoasi 2-turda Kanada bilan (19 iyun), 3-turda esa Bosniya va Hersegovina bilan (24 iyun) uchrashadi. Shveysariya esa mos ravishda avvaliga Bosniya va Hersegovina (18 iyun) milliy jamoasiga qarshi, 3-turda esa Kanadaga qarshi (24 iyun) maydonga tushadi.