Madrid «Real» klubi va Portugaliya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Pepe Madrid klubida Mourinio shtabida ishlashi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
«Bu faqat mish-mishlar. Menda Mourinio bilan hech qanday suhbat bo‘lgani yo‘q, ammo kelajakda nima bo‘lishini aniq ayta olmaysan. Eng asosiysi, bu jamoada birdamlik bo‘lishi kerak, ko‘p narsa aynan shunga bog‘liq. Bu klub, ishqibozlar va futbolchilar o‘rtasidagi aloqani mustahkamlaydi. Mourinio — ramziy shaxs, u «Real»ga oldingi shuhratni qaytara oladi», - dedi Pepe AS nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Pepe 2007 — 2017-yillarda «Real» safida to‘p tepgan va 14 ta sovrin, jumladan uchta La Liga, uchta UYEFA Chempionlar Ligasi kubogini yutib olgan. 2017-yilda «Real»dan ketganidan so‘ng, u Turkiyaning «Beshiktosh» jamoasida o‘ynadi va 2019-yil yanvar oyida «Portu»ga qaytgan.