Live
1
O'zbek

Tim Rim: «Hech qanday rekordlar haqida o‘ylamayapman»

Futbol
13 iyun, 17:47
AQSH milliy jamoasining 38 yoshli sardori musobaqaning eng yoshi ulug‘ futbolchilaridan biri ekanligini o‘ylamayapti.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Tim Rim: «Hech qanday rekordlar haqida o‘ylamayapman»
Foto: Gettyimages
12.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) AQSH AQSH 4 : 1 Paragvay Paragvay

38 yoshli markaziy himoyachi va AQSH milliy jamoasi sardori Tim Rim guruh bosqich 1-tur doirasidagi Paragvayga qarshi o‘yindan (4:1) keyin musobaqaning eng yoshi ulug‘ futbolchilardan biri ekanligi haqidagi savolga javob berdi.

«Men bu haqda o‘ylamayapman. Hech qanday rekordlar yoki shunga o‘xshash narsalar haqida o‘ylamayapman. Tarixga kirish men uchun sharaf, ammo bu yerga buning uchun kelganim yo‘q. Men futbolga bo‘lgan mehrim va undan oladigan xursandchiligim tufayli shu yerdaman, yigitlarimizni qo‘llab-quvvatlashni, ularga yordam berishni istayman.

Jamoa yetakchisi bo‘lish, umuman olganda bu jamoaning bir bo‘lagi bo‘lish — menga g‘urur bag‘ishlaydi. Bu lahzalarga yetib kelguncha juda katta ko‘lamdagi ishni amalga oshirdik. Ishonchli o‘yin ko‘rsatish, uch ochkoni qo‘lga kiritish va musobaqadagi ilk o‘yinda biz buni amalga oshirganimizdek ishonchli g‘alaba qozonish — bu aynan biz istagan narsa. Yigitlarga tasanno — ular ko‘p narsani birinchi bor boshdan kechirishmoqda… Jahon chempionatidagi birinchi o‘yinlar, birinchi gollar. Umuman olganda biz yomon boshlamadik», - deya Rim so‘zlaridan iqtibos keltiradi FIFA rasmiy sayti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • AQSH AQSH
  • Paragvay Paragvay
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar