Bugun
12
O'zbek

Qatar o‘z tarixida JCHdagi birinchi ochkosini qo‘lga kiritdi

Futbol
13 iyun, 18:08
Jahon chempionati guruh bosqich 1-turi doirasida Osiyo vakili Shveysariyaga qarshi maydonga tushdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Qatar o‘z tarixida JCHdagi birinchi ochkosini qo‘lga kiritdi
Foto: Gettyimages
13.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Qatar Qatar 1 : 1 Shveytsariya Shveytsariya

O‘yinda yevropaliklar ustunlikka ega bo‘lgan bo‘lsa-da, so‘nggi daqiqalarda Lopetegi shogirdlari gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Shu tariqa Qatar mundiallardagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash lozim, AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan mundial Qatar milliy jamoasi uchun tarixdagi ikkinchi final bosqichi bo‘lmoqda. 2022-yil jamoa musobaqa mezboni sifatida avtomatik yo‘llanmaga ega bo‘lgandi.

Mazkur durangdan keyin Qatar va Shveysariya jamoalari ham 1 ochkodan jamg‘arishdi. Guruhning ikkinchi bahsida Kanada va Bosniya va Hersegovina ham ana shunday natija qayd etgan. Natijada, guruhning barcha vakillarida bir xil 1 ochkodan mavjud.

Ma’lumot uchun, Qatar milliy jamoasi 2-turda Kanada bilan (19 iyun), 3-turda esa Bosniya va Hersegovina bilan (24 iyun) uchrashadi. Shveysariya esa mos ravishda avvaliga Bosniya va Hersegovina (18 iyun) milliy jamoasiga qarshi, 3-turda esa Kanadaga qarshi (24 iyun) maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qatar Qatar
  • Shveytsariya Shveytsariya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar