Jahon chempionati ishtirokchilarini tanishtirishda davom etamiz. Navbat S guruhiga yetib keldi. Bu kvartetda yaqqol favorit va autsayder ham bor. Braziliya, Marokash, Shotlandiya va Gaiti o'rin olgan guruhga e'tibor qaratamiz.
Braziliya

Bosh murabbiy: Braziliya milliy jamoasi anchadan beri top murabbiy izlayotgandi. Nihoyat, Karlo Anchelottini tayinlashga qaror qildi. Italiyalik murabbiyning barcha istaklari bajarildi va unga yuqori maosh berishga qaror qildi.
Rahbariyat almashtirilgandan keyin ham Anchelotti bilan hamkorlikni davom ettirish uchun qisqa muddat ichida barcha sharoitlar yaratildi. Murabbiy bilan JCh–2026gacha shartnoma yana uzaytirildi.

Yulduz: Braziliya tarkibida har bir chiziqda jahon darajasidagi futbolchilar bor: darvozada Alisson, himoyada Markinos va Gabriel, markazda tajribali Kazemiro. Hujumda esa asosiy yulduzlar — Vinisius va Rafinya. Shuningdek, Neymarga ham katta umid bog'langan.
Tarkib:
Darvozabonlar: Alisson («Liverpul»), Ederson («Fenerbahche»), Ueverton («Gremio»);
Himoyachilar: Aleks Sandro («Flamengo»), Bremer («Yuventus»), Danilo («Flamengo»), Duglas Santos («Zenit»), Gabriel Magalyaes («Arsenal»), Rožer Ibanes («Al Ahli»), Leo Pereira («Flamengo»), Markinos («PSJ»), Uesli Fransa («Roma»);
Yarimhimoyachilar: Bruno Gimaraes («Nyukasl»), Kazemiro («Manchester Yunayted»), Danilo dos Santos («Botafogo»), Fabinio («Al Ittihod»), Lukas Paketa («Flamengo»);
Hujumchilar: Endrik («Lion» / «Real»), Gabriel Martinelli («Arsenal»), Igor Tiago («Brentford»), Luis Enrike («Zenit»), Mateus Kun'ya («Manchester Yunayted»), Neymar («Santos»), Rafinya Dias («Barselona»), Rayan Rocha («Bornmut»), Vinisius Junior («Real»).
Chempionlik ehtimoli (Opta): 6,46 foiz.
Marokash

Bosh murabbiy: Mart oyida Marokash murabbiylar shtabida o'zgarish bo'ldi va Volid Regragi iste'foga chiqdi. Bu qaror Afrika millatlar kubogi finalidagi mag'lubiyatdan keyin qabul qilindi.
Hozir Marokash milliy jamoasi Belgiyada tug'ilgan Muhammad Uahbi boshqarmoqda. 49 yoshli murabbiy o'tgan yili Marokko yoshlari jahon chempionligiga olib chiqqan edi.

Yulduz: Jamoada uchta asosiy figurani ajratib ko'rsatish mumkin.
Darvozada — Yasin Bunu. Jamoaning yetakchisi — Ashraf Hakimiy. U «PSJ» bilan sovrinlarni ketma-ket qo'lga kiritmoqda. Yangi avlodning yuzi — Brahim Dias. U Afrika kubogida turli rollarda ko'rindi: avvaliga qahramon, finalda esa omadsiz penalti ijrochisiga aylandi.
Tarkib:
Darvozabonlar: Yosin Bunu («Al Hilol»), Munir Muhammadi (RSB), Ahmad Tanyauti (FAR);
Himoyachilar: Ashraf Hakimi («PSJ»), Nussayr Mazraui («Manchester Yunayted»), Anass Saloh-Eddin (PSV), Yusuf Belammari («Al Ahli» Qohira), Issa Diop («Fulhem»), Shadi Riyad («Kristal Pelas»), Zakariya Al Uahdi («Genk»), Reduan Alyal («Mexelen»), Nayif Agerd («Marsel»);
Yarimhimoyachilar: Nel Al Enaui («Roma»), Azzedin Unai («Jirona»), Ismoil Saybari (PSV), Bilol Al Hennus («Shtutgart»), Samir Al Murabet («Strasburg»), Sofian Amrabat («Betis»), Ayub Buaddi («Lill»);
Hujumchilar: Brahim Dias («Real»), Ayub Al Kaabi («Olimpiakos»), Abde Ezzalzuli («Betis»), Sofian Rahimi («Al Ayn»), Gessim Yosin («Strasburg»), Ayub Amaimuni-Eshguyab («Ayntraxt»), Shamsdin Talbi («Sanderlend»).
Chempionlik ehtimoli (Opta): 1,72 foiz
Shotlandiya

Bosh murabbiy: Stiv Klark — turnirdagi eng tajribali murabbiylardan biri. U 7 yildan beri jamoani boshqarmoqda va shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirdi. Uning qo'l ostida Shotlandiya katta progressga erishdi: 1998 yildan beri ilk bor JChga yo'llanma oldi. Stiv milliy jamoani ancha kuchaytirdi. Ilgari jamoa saralashda ham autsayderlardan biri hisoblanar edi.

Yulduz: Jamoaning asosiy figurasi — Skott Maktominay. Uning hujumga yaqinroq o'ynashi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqdi. «Napoli»da ajoyib o'yinlar namoyish etmoqda. Shuningdek, Endryu Robertson va Jon Makginn jamoaning ruxiy yetakchilari hisoblanadi.
Tarkib:
Darvozabonlar: Kreyq Gordon («Harts»), Angus Gunn («Nottinghem Forest»), Liam Kelli («Reynjers»).
Himoyachilar: Grant Henli («Hibernian»), Jek Hendri («Al Ittifoq»), Aaron Xiki («Brentford»), Dom Hiyam («Rekshem»), Skott Makenna («Dinamo» Zagreb), Natan Patterson («Everton»), Entoni Ralston («Seltik»), Endi Robertson («Liverpul»), Jon Suttar («Reynjers»), Kiran Tirni («Seltik»).
Yarimhimoyachilar: Rayan Kristi («Bornmut»), Findli Kertis («Kilmarnok»), Lyuis Fergyuson («Bolonya»), Ben Gannon-Douk («Bornmut»), Jon Makginn («Aston Villa»), Kenni Maklin («Norvich Siti»), Skott Maktominay («Napoli»).
Hujumchilar: Che Adams («Torino»), Lindon Dayks («Charlton»), Jorge Horst («Ipsvich Taun»), Lourens Shenkland («Harts»), Ross Styuart («Sautgempton»), Tayler Fletcher («Manchester Yunayted»).
Chempionlik ehtimoli (Opta): 0,20 foiz.
Gaiti

Bosh murabbiy: Sebastyan Mine— turli mamlakatlarda ishlagan tajribali mutaxassis. U qiyin sharoitlarga qaramay, Gaitini mundialga olib chiqdi.
Jamoa o'z uy o'yinlarini neytral maydonlarda o'tkazishga majbur bo'lganiga qaramay, kuchli raqiblarni ortda qoldirdi. Garchi guruhda autsayder bo'lishiga qaramay, Minening xizmatlari yuqori.

Yulduz: Jamoaning yetakchilaridan biri — Jan Rikner. Hujumda esa Dyuqens Nazon ajralib turdi. Yangi yulduz sifatida Vilson Izidor e'tibor markazida. U ilgari Fransiya yoshlar jamoalarida o'ynagan, ammo endi Gaiti sharafini himoya qilmoqda.
Tarkib:
Darvozabonlar: Jonni Plasid, Aleksandr Per, Jozyue Dyoverje
Himoyachilar: Karlens Aryuks, Kito Termonsi, Rikardo Ade, Xannes Delkrua, Marten Eksperenes, Dyuk Lakrua, Jan-Keven Dyovern, Vilgens Pogen.
Yarimhimoyachilar: Karl Sente, Jan Rikner, Leverton Per, Denli Jak Jak, Dominik Simon, Vudenski Per
Hujumchilar: Derrik Etiyenn, Dyukens Nazon, Luisius Didson, Ryuben Providans, Lenni Jozef, Vilson Izidor, Yassin Fortyune, Fransdi Piyerro, Jozue Kazimir.
Chempionlik ehtimoli (Opta): 0,01 foiz.