Avstriya milliy jamoasi bosh murabbiyi Ralf Rangnik bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda Avstriya futbol federatsiyasining rasmiy sayti xabar berdi.
Mutaxassisning yangi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Avstriya 2026 yildagi jahon chempionatida J guruhida ishtirok etadi. Rangnik shogirdlariga Argentina, Jazoir va Iordaniya jamoalari raqiblik qiladi.
Avvalroq Ralf «Milan» klubida ish boshlashi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq u Avstriya milliy jamoasini boshqarishda davom etadi.