Germaniya milliy jamoasi yarim himoyachisi Leon Goretska faoliyatini "Chikago Fayr" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Tom Bogert xabar bermoqda.
Avvalroq 31 yoshli futbolchi "Bavariya"ni tark etgandi. Unga "Yuventus" va "Milan" jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.
Futbolchi okean ortiga yo‘l olish ehtimoli yuqori. "Chikago Fayr" hozirda Robert Levandovski bilan ham muzokara o'tkazmoqda.
Eslatib o'tamiz, Goretska 8 mavsum davomida Myunxen klubi safida to'p tepib keldi. U klub bilan yetti karra Germaniya chempioni, uch karra Germaniya Kubogi sohibi, to'rt karra mamlakat Superkubogi sohibi, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan.