Braziliya milliy jamoasi himoyachisi Markinios bosh murabbiy Karlo Anchelottining roli haqida gapirdi. Italiyalik mutaxassis 2025 yil 12 may kuni jamoa boshqaruvini o‘z qo‘liga olgandi.
«Anchelotti — ko‘p karra g‘olib [Yevropaning TOP-5 ligalarida], jamoani chempionlarga aylantirishni bilishini isbotlab bo‘lgan. O‘ylashimcha, hozir u biz bilan ekanligi juda muhim. U qiyinchiliklar va bosimni ajoyib tarzda yengib o‘tmoqda.
U kabi murabbiyimiz borligidan juda ham xursandmiz. U chindan jamoani tushuna oladi, har bir futbolchini, o‘yinning taktik qismini — undan ham muhimi, qanday qilib chempion bo‘lishni biladi. U jahon chempionati oldidan bizga zarur uchqunni bera oldi, bu turnirda bizga qo‘shimcha ustunlik beradi», - deya Markinios so‘zlaridan iqtibos keltiradi FIFA rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, Anchelotti Madridning «Real» klubi bilan 3 marta UYEFA Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgan, 2 marta Ispaniya chempioni va yana 2 marta Ispaniya Kubogi hamda Superkubogini qo‘lga kiritgan, 3 marta UYEFA Superkubogini, Qit’alararo kubokni, bundan tashqari klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ikki bor zafar quchgan.