Live
1
O'zbek

Anchelotti: "Yirik turnirlarda doimo xavotir bo'ladi. Lekin jamoam JCHga yaxshi tayyorgarlik ko'rgani ishonaman"

Futbol
13 iyun, 13:01
Italiyalik mutaxassis Marokashga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Anchelotti: "Yirik turnirlarda doimo xavotir bo'ladi. Lekin jamoam JCHga yaxshi tayyorgarlik ko'rgani ishonaman"
Фото: Getty Images

Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2026 yildagi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuv oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bunday yirik turnirlarda doimo xavotir bo'ladi, chunki jamoangizning eng yaxshi o'yin ko'rsatishini xohlaysiz. Men optimistik insonman va futbolchilarimiz jahon chempionatiga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgani ishonaman", — deya Anchelottining so'zlaridan keltiradi Globo nashri.

Eslatib o'tamiz, Braziliya milliy jamoasi JCH–2026 guruh bosqichidagi ilk uchrashuvini Marokashga qarshi o'tkazadi. Shuningdek, bu guruhda Haiti va Shotlandiya ham o'rin olgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Marokash Marokash
Bugungi yangiliklar