Bu haqda Marca jurnalisti Matteo Moretto xabar bermoqda.
Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa «Fulhem»da ish boshlashi mumkin.
Ispaniyalik mutaxassis vakillari Oskar Ribot, Luis Alonso va ingliz klubi vakillari o‘rtasidagi muzokaralar ancha tez ruhda o‘tmoqda. Aytilishicha, tomonlar mayda detallar borasida kelishib olsa bo‘lgani.
Har ikki tomon yaqin kunlarda to‘liq kelishuvga erishilishi va bitim imzolanishiga ishonch bilan qaramoqda.
Eslatib o‘tamiz, Arbeloa qoniqarsiz natijalar tufayli 9 iyun kuni «Real»dagi lavozimidan bo‘shatilgan edi.