Live
1
O'zbek

«Manchester Yunayted» APLdan ikki himoyachini kuzatmoqda

Futbol
13 iyun, 15:10
Mankunianliklar chap qanot himoyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Manchester Yunayted» APLdan ikki himoyachini kuzatmoqda
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasida chap qanot himoyachisi pozitsiyasini kuchaytirishni maqsad qilgan. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mankunianliklar ayni paytda «Nyukasl» futbolchisi Lyuis Xoll hamda «Fulhem» himoyachisi Entoni Robinsonni kuzatmoqda.

Qayd etilishicha, «qarg‘alar» ikki yil avval «Chelsi»dan 28 million funt sterling evaziga sotib olingan Xoll uchun katta mablag‘ talab qiladi.

Shuningdek, Entoni Robinson ham yozgi transfer bozorida talab yuqori bo‘lishi kutilayotgan futbolchilardan biri hisoblanadi. Biroq 28 yoshli himoyachi yangi bosh murabbiy tayinlanganidan keyin «Fulhem»ni tark etadimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.

2025/26 yilgi mavsumda Lyuis Xoll barcha musobaqalarda 47 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.

Entoni Robinson esa 26 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

«Manchester Yunayted» chap qanotdagi raqobatni oshirish va tarkibni kuchaytirish orqali yangi mavsumda yuqori natijalarga erishishni maqsad qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Everton Everton
  • Nyukasl Nyukasl
Bugungi yangiliklar