Germaniya milliy jamoasi jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turida Ekvadorga qarshi o‘yin (25 iyun) uchun 600 muxlisning safar to‘lovini qoplaydi. O‘yin AQSHdagi «Metlayf» stadionida bo‘lib o‘tadi. Sakkizta avtobus nemis milliy jamoasi muxlislarini Ist-Ruterforddagi arenga olib boradi.
«Milliy jamoa kengashini e’tirof etish zarur. Safar xarajatlari qanchalik qimmat ekanligi haqidagi birinchi xabarlar paydo bo‘lganida, jamoa ichida bu g‘oya paydo bo‘ldi.
Ta’kidlanishicha, jamoa sardori Yozua Kimmix DFB bilan bog‘langan. «Haqiqatni aytganda, pul bu yerda hech qanday rol o‘ynashi kerak emasligini aytdi. Futbolchilar summaning kattagina qismini o‘z yonlaridan bergan», - deydi Nemis futbol soyuzi (DFB) bosh direktori Andreas Rettig Kicker nashriga.