Live
1
O'zbek

"MYu" Fernandes-Pardoga qiziqmoqda

Futbol
13 iyun, 19:40
Futbolchi "itlar" safida 2024 yilning yozidan buyon o'ynamoqda.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"MYu" Fernandes-Pardoga qiziqmoqda
Фото: Getty Images

"Manchester Yunayted" "Lill"ning belgiyalik hujumchisi Matias Fernandes-Pardoga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, futbolchining transferi Joshua Zirkzeening kelajagiga bog'liq bo'ladi.

Niderlandiyalik futbolchi hozircha mankunianliklar safida o'zini to'liq ko'rsata olmadi, lekin u jamoadagi muhitga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Zirkzeeni sotish haqidagi qaror hali qabul qilinmagan.

Matias Fernandes-Pardo "Anderlext", "Mexelen", "Lill" va "Genk" klublarida to'p tepgan. Futbolchi "itlar" safida 2024 yilning yozidan buyon o'ynamoqda.

O'tgan mavsumda u barcha turnirlar doirasida 41 ta o'yinda 8 ta gol urdi, 7 ta assistni qayd etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar