Jahon chempionati ishtirokchilarini tanishtirishda davom etamiz. Bu safar D guruhi haqida so'z boradi.
Har bir jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan mamlakatlar futbol jamoatchiligi e'tiborida. AQSh ushbu kvartetdan joy olgan, unga Turkiya, Paragvay va Avstraliya qarshilik ko'rsatadi.
Aytish kerakki, bu guruhda yaqqol favorit yoki o'ta kuchsiz milliy jamoa yo'q. Hammaning imkoniyatlari teng. Demak, D guruhi bilan tanishamiz.
AQSh

Bosh murabbiy: Mezbonlarni hozirda argentinalik Maurisio Pochettino boshqarmoqda. U asosan klublar futbolida nom qozongan. "Tottenhem"da muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi, jamoani Chempionlar ligasi finaliga olib chiqdi. Shuningdek, uning ma'lumotlarida "PSJ" va "Chelsi" kabi boshqa nomdor klublar ham bor.
AQSh murabbiyga yiliga 6 million dollar maosh to'lamoqda. Maurisio hozirda 2026 yildagi jahon chempionatida ishlovchi murabbiylar orasida eng yuqori maoshga ega bo'lgan uchinchi mutaxassisdir.

Yulduz: Amerika tarkibida eng mashhur futbolchi Kristian Pulishich hisoblanadi. U allaqachon Yevropaning top jamoalarida o'ynashga muvaffaq bo'lgan. Mamlakatda to'rt marta yil futbolchisiga aylangan. Amerika futboli afsonasi Lendon Donovan kabi mashhur.
Shuningdek, tarkibda Folarin Balogun, Ueston Makkenni, Malik Tilmann, Brenden Aaronson va Rikardo Pepi kabi yosh yulduzlar ham bor.
Tarkib
Darvozabonlar: Kris Breydi ("Chikago Fayr"), Mett Friz ("Nyu-York Siti"), Mett Terner ("Nyu-Inglend Revolyushn").
Himoyachilar: Maks Arfsten ("Kolambus Krew"), Serjino Dest (PSV), Aleks Friman ("Vilyarreal"), Mark Makkenzi ("Tuluza"), Tim Rim ("Sharlott"), Kris Richards ("Kristal Pelas"), Entoni Robinson ("Fulhem"), Maylz Robinson ("Tsintsinnati"), Jozef Skalli ("Borussiya" Myonxengladbax), Oston Trasti ("Seltik").
Yarimhimoyachilar: Tayler Adams ("Bornmut"), Sebastyan Berxalter ("Vankuver Uaytkaps"), Ueston Makkenni ("Yuventus"), Jovanni Reyna ("Borussiya" Myonxengladbax), Kristian Roldan ("Sietl Saunders"), Malik Tillman ("Bayer").
Hujumchilar: Brenden Aaronson ("Lids Yunayted"), Folarin Balogun ("Monako"), Rikardo Pepi (PSV), Kristian Pulishich ("Milan"), Timoti Vea ("Marsel"), Haji Rayt ("Koventri Siti"), Aleks Sendehas ("Amerika").
Chempionlik ehtimoli (Opta): 1,30 foiz.
Avstraliya

Bosh murabbiy: Toni Popovich – Avstraliyaning yaqin o'tmishida taniqlik futbolchilardan bo'lgan. U milliy jamoa safida 59 o'yinda ishtirok etgan. Ammo 2006 yildagi jahon chempionatida ilk o'yindayoq jarohat olgandi. Toni 2024 yildan buyon milliy jamoani boshqarmoqda. Bu murabbiy boshqaruvida yashil qit'a saralashda juda muvaffaqiyatli o'tkazdi. 16 ta bahsning faqat bittasida – Bahraynga yutqazdi.

Yulduz: Hozirga kelib Avstraliyada yaqqol yulduz futbolchi yo'q. Faqatgina darvozabon Metyu Rayanni alohida ko'rsatish mumkin. Chunki 34 yoshli kiper Yevropaning yetakchi ligalarida to'p tepgan. Hozirda "Levante" darvozasini qo'riqlamoqda. Umuman olganda Metyu milliy jamoada yuzdan ortiq o'yin o'tkazgan va jamoa sardori hisoblanadi.
Mamlakat bo'lajak mundialda ham aynan undan katta umid qilmoqda. Chunki avvalgi jahon chempionatida u 12 ta seyvni amalga oshirgandi.
Tarkib:
Darvozabonlar: Patrik Bich ("Melburn Siti"), Pol Izzo ("Ranners"), Metyu Rayan ("Levante").
Himoyachilar: Aziz Behich ("Melburn Siti"), Jordan Bos ("Feyenoord"), Kemeron Burgess ("Svonsi Siti"), Alessandro Chirkati ("Parma"), Milosh Degenek (APOEL), Jejson Jeriya ("Albirks Nigata"), Lukas Herrington ("Kolorado Rapids"), Jeykob Italyano (GAK), Garri Suttar ("Lester"), Kay Trevin ("Nyu-York Siti").
Yarimhimoyachilar: Kemeron Devlin ("Harts"), Aydin Xrustich ("Herkules"), Jekson Irvin ("Sankt-Pauli"), Connor Metkalf ("Sankt-Pauli"), Pol Okon-Engstler ("Sidney"), Eyden O'Nill ("Nyu-York Siti").
Hujumchilar: Nestori Irankunda ("Uotford"), Metyu Leki ("Melburn Siti"), Awer Mabil ("Eltam"), Muhammad Ture ("Norvich"), Nishan Velupillay ("Melburn Viktori"), Kristian Volpato ("Sassuolo"), Tete Yengi ("Matida Zelviya").
Chempionlik ehtimoli (Opta): 0,36 foiz.
Turkiya

Bosh murabbiy: Turkiya futboli so'nggi yillarda katta o'sishga erishdi. Bunda shubhasiz bosh murabbiy Vinchenzo Montellaning hissasi bor. Ushbu mutaxassis Turkiyani 2002 yildan buyon ilk bor jahon chempionatiga olib chiqdi. O'sha musobaqada Montella futbolchi sifatida o'ynagandi.
Vinchenzo dastlab "Roma"da murabbiy sifatida ish boshladi. Keyin Italiya turli klublarini boshqardi. Natijalar ko'ngildagidek chiqmadi. 2021 yilda Turkiya milliy jamoasini boshqarish taklifini oldi. Shundan beri natijalar yaxshilanmoqda.

Yulduz: Bugungi kunda milliy jamoada istiqbolli futbolchilar ko'p. Xususan, Arda Gulerni alohida ko'rsatish mumkin. "Real" yarimhimoyachisi mavsumdan mavsumga kuchayib bormoqda va transfer narxi allaqachon 90 million yevroga baholanmoqda.
Shu bilan birga, 21 yoshli vinger Kenan Yildizni ham alohida ko'rsatish mumkin. Bu ikki yulduz futbolchi maydonning turli qismlarida o'ynashi esa Montellaning ishini osonlashtiradi. Qolaversa, "Inter" a'zosi Hoqon Chalhon'o'g'li ham borligini yoddan chiqarmaslik kerak.
Tarkib
Darvozabonlar: Oltay Bayindir ("Manchester Yunayted"), Mert Gunok ("Fenerbaxche"), Ugurjan Chaqir ("Galatasaroy").
Himoyachilar: Abdulkarim Bardakchi ("Galatasaroy"), Chag'lar Suyunchi ("Fenerbaxche"), Eren Elmali ("Galatasaroy"), Ferdi Kadiu'gli ("Brayton"), Merih Demiral ("Al-Ahli"), Mert Mul'dur ("Fenerbaxche"), Ozan Qoboq ("Hoffenhaym"), Samet Oqoydin ("Rizespor"), Zeki Chelik ("Roma"), Kaan Oyhon ("Galatasaroy").
Yarimhimoyachilar: Hoqon Chalhon'o'g'li ("Inter"), Ismoil Yuksak ("Fenerbaxche"), Urxun Ko'kchi ("Beshiktosh"), Solih O'jan ("Borussiya" Dortmund), Arda Guler ("Real"), Irfon Qahvachi ("Qosimposho"), O'g'uz Oydin ("Fenerbaxche"), Yunus Oqkun ("Galatasaroy").
Hujumchilar: Barish Alper Yilmaz ("Galatasaroy"), Jan Uzun ("Ayntraxt"), Deniz Gul ("Portu"), Kenan Yildiz ("Yuventus"), Karim Oqturk'ogli ("Fenerbaxche").
Chempionlik ehtimoli (Opta): 0,96 foiz.
Paragvay

Bosh murabbiy: Hozirda ushbu milliy jamoani argentinalik Gustavo Alfaro boshqarmoqda. Murabbiy asosan klublarda ko'p vaqt ishlagan. Saudiya Proligasining nomdor jamoalaridan biri "Al Ahli"ni boshqargan. 2022 yilda u Ekvadorni jahon chempionatiga olib kelgandi. Guruhdayoq musobaqa bilan xayrlashgan. Keyinchalik Kosta-Rika bilan bir muddat ishladi, ushbu jamoa JCH-2026 saralashini aynan Alfaro qo'li ostida boshlagandi. So'ngra u Paragvayda ish boshladi va milliy jamoani 16 yil ichida ilk bor jahon birinchiligiga olib chiqdi.

Yulduz: Hozirda Paragvayning asosiy yulduzi sifatida "Nyukasl"dagi o'yinlari bilan mashhurlikka erishgan va hozirda MLS chempionatida to'p tepayotgan Migel Almiron hisoblanadi.
Jamoada yana bir yulduz Fransiyaning "Strasbur" klubi a'zosi hisoblangan Xulio Ensiso edi. Ammo ushbu yarimhimoyachi turnir arafasidagi yig'in vaqtida jarohat oldi va uzoq kutilgan mundialda qatnasha olmaydigan bo'ldi.
Tarkib:
Darvozabonlar: Orlando Hill ("San-Lorenso"), Gaston Olveyra ("Olimpiya"), Roberto Fernandes ("Serro Porteno").
Himoyachilar: Xuan Kaseres ("Dinamo" Moskva), Gustavo Velaskes ("Serro Porteno"), Gustavo Gomes ("Palmeiras"), Xunior Alonso ("Atletiko Mineyro"), Xose Kanale ("Lanus"), Omar Alderete ("Sanderlend"), Aleksandro Maydana ("Taleres"), Fabian Balbuena ("Gremio").
Yarimhimoyachilar: Diego Gomes ("Brayton"), Maurisio Magalyayns ("Palmeiras"), Damyan Bobadilla ("San-Paulu"), Brayyan Oxeda ("Orlando"), Andres Kubas ("Vankuver"), Matias Galarza ("Atlanta"), Kaku ("Al-Ayn"), Ramon Sosa ("Palmeiras"), Migel Almiron ("Atlanta Yunayted").
Hujumchilar: Gustavo Kabalyero ("Portsmyut"), Aleks Arche ("Independiente Rivadavia"), Gabriel Avalos ("Independiente"), Isidro Pitta ("Red Bull Bragantino"), Xulio Ensiso ("Strasbur"), Antonio Sanabriya ("Kremoneze").
Chempionlik ehtimoli (Opta): 0,52 foiz.
D guruhi taqvimi
1-tur
13 iyun, soat 06:00 (Toshkent vaqti)
AQSh – Paragvay
14 iyun, soat 09:00
Avstraliya – Turkiya
2-tur
20 iyunga o‘tar kechasi, soat 00:00
AQSh – Avstraliya
20 iyun, soat 06:00
Turkiya – Paragvay
3-tur
26 iyun, soat 07:00
Turkiya – AQSh
26 iyun, soat 07:00
Paragvay – Avstraliya.