Portugaliya milliy jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu JCh-2026 haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Turnir haqida
«Biz juda xursandmiz va Jahon chempionati xuddi Yevro kabi har doim o'ziga xos musobaqa ekanini yaxshi bilamiz. Unga katta umidlar bilan kirib boramiz.
Jismoniy holatim? Yaxshi holatdaman, o'yinlarimni ko'rmadingizmi?»
Portugaliya chempionlikka da'vogarimi?
«Buni faqat oxirida bilib olamiz. Bu juda kuchli avlod, ammo biz nazorat qila olmaydigan omillar ham bor — masalan, o'yinlar, g'alabalar yoki mag'lubiyatlar. Ishonaman, bu avlod portugal xalqiga ko'p quvonch olib keladi».
Jamoaning tayyorgarligi haqida
«Juda ko'p charchoq bo'ldi, chunki ko'p mehnat qildik. O'rtoqlik bahslarida g'alabalar bo'ldi, lekin eng muhimi — 17 iyundagi birinchi o'yinimiz. Keyin esa ishlar qiyinlashganda, haqiqiy chempionlar kimligi ko'rinadi. Hammaga ko'p omillar bog'liq. Ishonaman, hammasi yaxshi bo'ladi. Guruhda birinchi o'rinni olish muhim. Keyin esa o'yindan o'yinga, qadam-ma-qadam, xotirjamlik bilan oldinga borish kerak», — dedi «An Nasr»ning 41 yoshli hujumchisi klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Portugaliya mundialda Kolumbiya, O'zbekiston va Kongo DR bilan bir guruhdan o'rin olgan.
Ronaldu — Jahon chempionati, g'oliblikka da'vogarlik va jismoniy holati haqida
Futbol
12 iyun, 11:55
41 yoshli hujumchi mundial oldidan «An Nasr» matbuot xizmatiga intervyu berdi.
Foto: Getty Images