Live
1
O'zbek

Fernandesh: "JCH-2026 finalida Marokashga qarshi o'ynashni xohlayman"

Futbol
11 iyun, 12:00
Portugaliya milliy jamoasi mundialda O'zbekiston, Kolumbiya va Kongo DR bilan bir guruhdan joy olgan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Fernandesh: "JCH-2026 finalida Marokashga qarshi o'ynashni xohlayman"
Фото: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh jahon chempionati finalida kim bilan o'ynashni afzal ko'rishini aytdi.

«Finalda kim bilan o'ynashning ahamiyati yo'q. Avval shu bosqichgacha yetib borishimiz kerak. Shundan so'ng bu haqida o'ylab ko'rsak bo'ladi. Agar hozir tanlov qilish imkoni bo'lsa, men Marokashga qarshi o'ynashni xohlar edim. Chunki u yerda do'stim Mazroui to'p tepadi. O'tgan jahon chempionatida ularga mag'lub bo'lganmiz. Shuning uchun revansh olishni xohlayman», — dedi Fernandesh.

Portugaliya milliy jamoasi mundialda O'zbekiston, Kolumbiya va Kongo DR bilan bir guruhdan joy olgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Bugungi yangiliklar