Portugaliya milliy jamoasining 41 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu Nigeriya milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan (2:1) so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda yangi post qoldirdi.
«Tayyorgarlik yakuniga yetdi. Endi e'tiborimiz faqat mundialga qaratiladi», — deya postga izoh yozgan Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yildagi jahon chempionatining guruh bosqichida Portugaliya milliy jamoasi Kolumbiya, O‘zbekiston va Kongo DR jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Nufuzli turnir AQSh, Kanada va Meksika yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi.