Live
3
O'zbek

Kaka: «Real»dagi faoliyatim kutilgan darajada bo‘lmadi»

Futbol
13 iyun, 06:46
Braziliyalik afsona Madrid klubidagi davrini samimiy baholadi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Kaka: «Real»dagi faoliyatim kutilgan darajada bo‘lmadi»
Foto: Getty Images

«Oltin to‘p» sovrindori Rikardu Kaka Madridning «Real» klubidagi faoliyati haqida fikr bildirib, bu davrni muvaffaqiyatli deb hisoblamasligini tan oldi.

Braziliyalik sobiq futbolchining aytishicha, Madriddagi yillari uning faoliyatidagi eng murakkab davrlardan biri bo‘lgan.

«Mening Madriddagi o‘yinlarim kutilgan darajada bo‘lmadi. Bu men uchun ham shaxsiy, ham professional tomondan murakkab davr edi.

Ehtimol, «Real»da hamkorligimizni xuddi Eden Azarniki kabi omadsiz deb hisoblashsa kerak», — dedi Kaka.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik yarimhimoyachi 2009 yilda «Milan»dan «Real»ga o‘tgan va 2013 yilgacha «qirollik klubi» safida to‘p tepgan.

Shu davr mobaynida Kaka turli jarohatlar sabab o‘zining eng yaxshi sport formasini namoyish eta olmadi.

Biroq u «Real» bilan Ispaniya chempionligi va Ispaniya kubogida g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Kaka 2007 yilda «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritib, Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu hukmronligidan avval ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan so‘nggi futbolchilardan biri bo‘lib qolmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar