Live
3
O'zbek

Alisson: «Anchelotti Braziliya prezidentidan ham ko‘proq bosimni his qilmoqda»

Futbol
13 iyun, 07:00
Darvozabon milliy jamoa bosh murabbiyi zimmasidagi mas’uliyat haqida gapirdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Alisson: «Anchelotti Braziliya prezidentidan ham ko‘proq bosimni his qilmoqda»
Foto: Getty Images

Braziliya milliy jamoasi darvozaboni Alisson Bekker bosh murabbiy Karlo Anchelottiga tushayotgan bosim darajasiga baho berdi.

«Liverpul» posboni italiyalik mutaxassisning vazifasi nihoyatda murakkab ekanini ta’kidladi.

«Anchelottining o‘rnida bo‘lish Braziliya prezidenti bo‘lishdan ham ko‘proq bosimni his qilishni anglatadi», — dedi Alisson.

Braziliya futbolida natijalar doimo eng yuqori darajada talab qilinadi va milliy jamoa har bir yirik turnirda bosh sovrin uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘riladi.

Shu sababli Karlo Anchelotti ham JCH-2026 oldidan katta bosim ostida ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, italiyalik mutaxassis 2026 yil boshida Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylangan edi.

Ma’lumot uchun, Braziliya milliy jamoasi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini 14 iyun kuni Marokashga qarshi o‘tkazadi. Bahs AQSHning Ist-Raterford shahridagi «Metlayf» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
Bugungi yangiliklar