"Dinamo" jamoasi 20 kunlik tanaffusdan keyin mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Vadim Abramov murabbiyligidagi Samarqand jamoasi 9 iyun kuni Toshkentga yo'l olib, o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirdi. Hozirda Azizbek Amonov va Jahongir O'rozov O'zbekiston milliy jamoasi safida JCH-2026ga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'lsa, Firdavs Abdurahmonov va Oybek O'rmonjonov O'zbekiston yoshlar jamoasi safida yig'inda qatnashmoqda. Tarkibdagi qolgan futbolchilar jamoamiz yig'iniga kelib qo'shilmoqda.
"Dinamo" jamoasining poytaxtdagi yig'ini 27 iyun kuniga qadar davom etadi. Bu oralig'da jamoa bir qator nazorat uchrashuvlari o'tkazishni rejalashtirgan.
"Dinamo" Toshkentda yig'inga kirdi
Futbol
10 iyun, 11:53
Yig'in davomida nazorat uchrashuvlari o'tkaziladi.
Фото: Динамо ПФК