«Istanbul Boshakshehir» hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini «Fenerbahche»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda sporx.com nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, klub prezidenti Aziz Yildirim yozda sifatli hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Shomurodov esa jamoaning asosiy transferlaridan biri bo'lishi mumkin.
Klub yangi mavsumda chempionlik taxtini qaytarib olish maqsadida Shomurodovni sotib olish loyihasini faol tarzda ko'rib chiqmoqda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda o'zbekistonlik 30 yoshli hujumchi Turkiya Superligasida 22 ta gol urib, liga to'purariga aylandi.
Avvalroq unga Saudiya Arabistoni chempionati jamoalari ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.