«Istanbul Bashakshehir» hujumchisi Eldor Shomurodov klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Metaratings internet-portali xabar berdi.
Manbaga ko'ra, o'zbekistonlik 31 yoshli futbolchining xizmatlariga Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda.
Ta'kidlanishicha, hozirda Shomurodovni Turkiyada hamma narsa qoniqtirmoqda. Biroq, foydali taklif tushsa, u klubini o'zgartirishga tayyor.
Eldor yangi klubda taxminan 3 million yevro maosh olmoqchi. Shu bilan birga, «Istanbul» o'zbekistonlik hujumchi uchun 8,5 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
O'tgan mavsumda Shomurodov Turkiya chempionatining ikki eng yaxshi to'purari dan biriga aylandi. U «Istanbul»da ijara asosida o'ynagan, ammo shu yozda turk klubi hujumchini «Roma»dan to'liq sotib oldi.