Live
1
O'zbek

Muriki «Fenerbahche» bilan kelishuvga erishdi – manba

Futbol
9 iyun, 18:17
Turkiya klubi futbolchining transferi uchun «Mallorca»ga 15 mln yevro to'laydi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Muriki «Fenerbahche» bilan kelishuvga erishdi – manba
Фото: Getty Images

«Malyorka» hujumchisi Vedat Muriki «Fenerbahçhe» klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Bu haqda insayder Yağız Sabuncuoğlu xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, 32 yoshli forvard Istanbul klubining yangi prezidenti Aziz Yildirimning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog'ida kelishuv yakunlanganini tasdiqladi va transfer summasini ma'lum qildi. Uning ma'lumotlariga ko'ra, «Fenerbahçhe» futbolchining transferi uchun «Malyorka»ga 15 mln yevro to'laydi.

Yakunlangan mavsumda Muriki 23 ta gol urib, La Liganing ikkinchi to'purariga aylandi. Bu borada u «Barselona» a'zosi Lamin Yamal hamda «Real» futbolchisi Vinisius Juniorni (ikkalasida ham 16 tadan gol) ortda qoldirdi.

Faqatgina «qirollik» klubi hujumchisi Kylian Mbappe (25 ta gol) undan ko'proq gol urg'an. «Malyorka» chempionat yakunlariga ko'ra 38 ta o'yinda 42 ochko jamg'arib, Segundaga tushib ketdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fenerbahche Fenerbahche
Bugungi yangiliklar