Bugun
12
O'zbek

Ximenes «Vulverhempton»ga qaytishi mumkin

Futbol
9 iyun, 03:50
Meksikalik hujumchi sobiq klubi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Ximenes «Vulverhempton»ga qaytishi mumkin
Foto: Getty Images

«Vulverhempton» hujumchi Raul Ximenesni ortga qaytarish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub vakillari ayni paytda meksikalik futbolchining agentlari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Muzokaralar Meksikada davom etmoqda.

Avvalroq «Vulverhempton» tajribali himoyachi Kiren Trippier transferini yakunlagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Endilikda klub tarkibni yana bir tajribali futbolchi bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Raul Ximenes 2018–2023 yillar davomida «Vulverhempton» safida to‘p tepgan va muxlislarning sevimli futbolchilaridan biriga aylangandi.

Ma’lumot uchun, meksikalik hujumchi «bo‘rilar» safida 160 dan ortiq bahsda maydonga tushib, 50 dan ziyod gol urgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Vulverempton Vulverempton
Bugungi yangiliklar