Bu asrda amaldagi Yevropa chempionlari mundialni g'alaba bilan boshlay olishmayapti.
JCh-2026 1-turida Yevropaning amaldagi tengsiz jamoasi Ispaniya Kabo-Verdeni (0:0) mag'lub etolmadi.
JCh-2022ga Yevro-2020 chempioni Italiya yo'llanma qo'lga kirita olmagan. JCh-2018da Yevro-2016 chempioni Portugaliya ilk turda Ispaniyaga (3:3) qarshi jangovar durang qayd etgan. Yevro-2008 va Yevro-2012 g'olibi Ispaniya JCh-2010da Shveytsariyaga (0:1), JCh-2014da Niderlandiyaga (1:5) imkoniyatni boy bergan.
2006 yildagi mundialga amaldagi Yevropa chempioni Gretsiya chiqolmagan. JCh-2002da esa Yevro-2000 g'olibi Fransiya birinchi o'yinda Senegalga (0:1) yutazib qo'ygan.
An'ana davom etadi — XXI asrda Yevropaning amaldagi chempionlari JChni g'alaba bilan boshlash olmayapti
Futbol
15 iyun, 17:42
Ispaniyaning o'zi 3-bor shunday holatga tushmoqda.
Foto: Getty Images
15.06.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Ispaniya
0
:
0
Kabo-Verde