Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Xose Luis de la Fuente JCH-2026 1-turidan oʻrir olgan Kabo-Verde (0:0) bilan bahsdan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
«Bugungi o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak edi. Chunki bahs davomida sodir bo'lgan barcha holatlar va biz yaratgan qulay vaziyatlarni hisobga olganda, bunga loyiq edik. Ammo bizga jismoniy tetiklik va aniqlik yetishmadi. Endi esa Saudiya Arabistoniga qarshi bo'ladigan o'yin haqida o'ylashni boshlashimiz kerak.
Biz o'sishda, o'yinning barcha jihatlarini yaxshilashda va o'z ritmimizni topishda davom etishimiz lozim. Kabo-Verde — jismoniy jihatdan juda kuchli jamoa. Biz ularning himoyaviy uslubda o'ynashi va kuchli futbolchilarni maydonga tushirishini bilardik. Bunga yana bizda tetiklik yetishmaganini qo'shsak, natija shunday. Bu futbol — bu yerda kuchsiz raqiblar bo'lmaydi», — deya ispanyolar ustozining so'zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.
"Bizga tetiklik va aniqlik yetishmadi" — De la Fuente Kabo-Verde bilan durangdan so'ng
Futbol
15 iyun, 18:25
Ispaniya bosh murabbiyi JCh-2026 1-turidagi kutilmagan natijadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Foto: Getty Images
15.06.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Ispaniya
0
:
0
Kabo-Verde