Live
1
O'zbek

JCh-2026. Saudiya Arabistoni Urugvay bilan bahsda durangga imzo chekdi

Futbol
15 iyun, 20:10
Osiyoliklarning mundialdagi mag'lubiyatsiz seriyasi davom etadi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
JCh-2026. Saudiya Arabistoni Urugvay bilan bahsda durangga imzo chekdi
Foto: Getty Images
15.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni 1 : 1 Urugvay Urugvay

2026 yildagi jahon chempionatida H guruhi 1-tur bahslari yakuniga yetdi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Saudiya Arabistoni milliy jamoasi Urugvayga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Osiyoliklar safida golga Al Amri mualliflik qilgan bo'lsa, janubiy amerikaliklarning yagona goli Araujo nomiga qayd etildi.

Eslatib o'tamiz, ushbu guruhdagi ilk bellashuvda Ispaniya Kabo-Verde bilan 0:0 hisobidagi durangga imzo chekkandi.

JCh-2026. H guruhi. 1-tur
16 iyun. Mayami. «Hard Rock Stadium»
Saudiya Arabistoni — Urugvay 1:1
Gollar:
Al Amri 41— Araujo 80.

Saudiya Arabistoni — Al Ovais, At Abdulhamid, At Tambakti, Al Amri, Al Harbi, Ash Shamat, Kanno, Al Haybari, Ad Dosari, Al Juvayr, Al Buraikan.
Urugvay — Muslera, Varela, Kaseres, Olivera, Vina, Valverde, Ugarte, Bentankur, Araujo, Vinas, Nunes.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni
  • Urugvay Urugvay
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar