Live
1
O'zbek

«Brayton» Koshtinyani o'z safiga qo'shib oldi

Futbol
15 iyun, 18:05
APL klubi «Olimpiakos» himoyachisini sotib oldi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
«Brayton» Koshtinyani o'z safiga qo'shib oldi
Foto: Brighton Howe Albion

Joau Pedru Koshtinya yangi mavsumdan «Brayton»da to'p tepadi.

Angliya klubi «Olimpiakos»dan 26 yoshli himoyachini sotib olganini e'lon qildi. Portugaliyalik futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolandi.

VVS xabar berishicha, Koshtinyaning transferi inglizlarga 11 million yevroga tushdi.

Yarimhimoyachi Gretsiyada ikki yil harakat qildi, yakunlangan mavsumda 24 o'yinda maydonga tushdi. U «Olimpiakos»gacha «Riu Ave»da o'ynagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Brayton Brayton
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar