Ispaniya milliy jamoasi vingerlari Niko Uilyams va Lamin Yamal jarohatlaridan to'liq tiklandi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, har ikki futbolchi milliy jamoa bilan to'liq mashg'ulotlarda ishtirok etgan. Shu tariqa, Yamal va Uilyams jahon chempionati doirasida Kabo-Verdega qarshi ilk o'yinda "qizil furiya"ga yordam berishga tayyor.
H guruhida Ispaniya va Kabo-Verdedan tashqari Saudiya Arabistoni hamda Urugvay milliy jamoalari pley-off uchun kurash olib boradi. Avvalroq Yamalgа ilk turda 15-20 daqiqa maydonda harakat qilish imkoni berilishi mumkinligi ma'lum qilingandi.