Bugun
14
O'zbek

Uahbi: "Vinisiusning golidan so'ng o'yin nazoratdan chiqib ketgandek tuyuldi"

Futbol
14 iyun, 00:25
Marokash bosh murabbiyi Braziliyaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Uahbi: "Vinisiusning golidan so'ng o'yin nazoratdan chiqib ketgandek tuyuldi"
Foto: Getty Images
13.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Braziliya Braziliya 1 : 1 Marokash Marokash

Marokash milliy jamoasi bosh murabbiyi Muhammad Uahbi jahon chempionati 1-tur doirasidagi Braziliyaga qarshi o'yin (1:1)dan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz rejalashtirgan ishlarni bajardik, ammo raqib tomonda Karlo Anchelotti bor edi. Shuning uchun oson bo'lmadi.

Biz g'alaba qozonishni istadik, yigitlar ham shuni xohladi. Ularning golidan so'ng o'yin nazoratdan chiqib ketgandek tuyuldi. Chunki yutqazmagan bo'lsak-da, g'alaba ham qozo na olmayotgandik.

Zaxiradan tushgan futbolchilar yaxshi o'ynadi. Issiq havo futbolchilarga ta'sir qildi, ayrimlari esa o'zlarining ilk jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Bu oson emas", — dedi Uahbi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Marokash Marokash
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar