Shotlandiya milliy jamoasi himoyachisi va sardori Endryu Robertson jahon chempionati 1-tur doirasidagi Haitiga qarshi o‘yin (1:0)dan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Shotlandiya ancha murakkab guruhga tushgan, bizni qiyin o‘yinlar kutmoqda. Juda og‘ir bo‘lishini bilamiz.
Jahon chempionatida g‘alaba qozonish uchun o‘zimizning eng yaxshi futbolimizni ko‘rsatishimiz kerak. Agar buni uddalasak, raqiblarimiz uchun muammolar paydo bo‘ladi", — deya himoyachining so‘zlarini keltiradi Daily Record.
Ma'lumot o‘rnida, guruh bosqichining 2-turida Shotlandiya Marokashga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 20 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.